10:50 / 18.02.2018
4 197

Tibetda YuNESKO ro‘yxatiga kiritilgan ob’ekt yonib ketdi

Tibetda YuNESKO ro‘yxatiga kiritilgan ob’ekt yonib ketdi
Tibet muxtor tumani poytaxti Lxasada joylashgan, YuNESKO jahon madaniy merosi ob’ekti hisoblanuvchi Jokang butxonasiga o‘t ketdi. Bu haqda “Kun” nashri xabar bermoqda.

Yong‘in 17 fevral kechasi boshlangan. Ayni vaqtda o‘t o‘chiruvchilar yong‘inni o‘chirishga harakat qilmoqdalar. Yong‘inga nima sabab bo‘lgani hozircha noma’lum. Yong‘in murakkabligi darajasi nisbatan og‘ir deya baholangan. Ta’kidlanishicha, butxona tomiga zarar yetgan bo‘lishi mumkin.

Ma’lum qilinishicha, voqea joyiga Tibet partiya qo‘mitasi kotibi U Insze yo‘l olgan.

Qurilishi 639 yilda boshlangan Jokang butxonasi Lxasaning diniy markazi va Tibetdagi eng muqaddas joy hisoblanadi. Bu yerga ko‘plab ziyoratchilar va sayyohlar keladi. Butxona Dalay-lamaning sobiq qarorgohi – Potala saroyidan bir kilometr uzoqda joylashgan. Butxonada ko‘plab qimmatli yodgorliklar, jumladan Tibet buddaviyligida eng qadrlanuvchi Shakyamuni buddasi haykali bor.

Butxona 2000 yilda YuNESKO jahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tibetda YuNESKO ro‘yxatiga kiritilgan ob’ekt yonib ketdi