Filippinning Tinch okeani sohilida joylashgan Sharqiy Negros aholi yashash punktida istiqomat qiluvchilar sohilga uzunligi bir metr, o‘ta ulkan jag‘ga ega baliqsifat mahluq itqitib tashlanganiga guvoh bo‘lishdi.
Mahalliy baliqchilardan birining aytishicha, jonzot akulaga ham o‘xshab ketadi. Lekin u akula emas, baliqsimonlar oilasining hali fanga ma’lum bo‘lmagan turiga oid ekan.
— Odamlar mahluqqa yordam berish istagida yelib-yugurishdi, — deydi baliqchi. — Lekin ulgurishmadi. Jonzot oradan ma’lum vaqt o‘tgach, jon taslim qildi…
Filippin olimlarining aytishiga qaraganda, fanga noma’lum mahluqning sohilga chiqib qolishi shunchaki hodisa emas. Birinchidan, okean tubida qandaydir falokat yuz bergan. Qolaversa, bunday mahluqlarning sohilga chiqishi yaqin orada ulkan tabiiy ofat yuz berishidan darakdir. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
AQSH Isroildan yuz o‘girdimi? Netanyahu Vashingtonga bormaydi
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
Netanyahu Isroil delegatsiyasining AQSHga safarini bekor qildi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Qahva va saraton: olimlardan zo‘r yangilik!