13:20 / 19.02.2018
7 280

Ramzan Qodirov Dog‘istondagi fojia haqida gapirdi

Ramzan Qodirov Dog‘istondagi fojia haqida gapirdi
Avvalroq, Dog‘istonning Qizlyor shahrida mahalliy fuqaroning odamlarga hujum qilishi oqibatida 5 kishi halok bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Dog‘iston fuqarsi Rasul Temirbekov ovchilik qurolidan “Qishni kuzatish bayrami” (Maslenitsa)ni nishonlash uchun cherkovga yig‘ilgan odamlarga qarata o‘q uzgan.

Bo‘lib o‘tgan hodisaga Checheniston rahbari Ramzan Qodirov o‘zining Telegram kanalida izoh bergan.

“U shaxsning hech bir dinga bog‘liqlik joyi yo‘q. E’tiqodli odam hech qachon begunoh odamlar jonini olmaydi.

Bu jinoyatchi, qotilni qattiqqo‘lik bilan javobgarlikka tortish kerak. O‘ylashimcha, kim va nima maqsadda uni qo‘liga qurol olishga va odamlarni otishga undaganini aniqlash lozim. U bilan bog‘liq bo‘lganlar, u kabi jazoga mahkumdirlar.

Ishonch bilan aytish mumkin-ki, o‘sha jinoyatchi va uni o‘z panohiga olgan kimsalar islom bilan hech qanday aloqalari yo‘q. Shimoliy Kavkaz har doim nasroniylar va musulmonlar o‘rtasidagi yaqin hamkorlik va o‘zaro bir birini tushinish bilan ajralib turgan! Biz bugun ham Rossiya dushmanlari va gij-gijlovchilarining istalgan urinishlariga qarshi turishimiz shart”, deb izoh bergan Ramzan Qodirov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ramzan Qodirov Dog‘istondagi fojia haqida gapirdi