12:15 / 20.02.2018
4 550

Qozog‘iston IIV: Aqto‘beda yonib ketgan avtobus texnik nosoz bo‘lgan

Qozog‘iston IIV: Aqto‘beda yonib ketgan avtobus texnik nosoz bo‘lgan
Qozog‘iston ichki ishlar vaziri Kalmuxanbet Kasimov Aqto‘be viloyatida 52 kishining o‘limiga olib kelgan avtobusdagi yong‘inning kelib chiqish sabablari va tafsilotlarini ma’lum qildi, deb yozadi Daryo nashri.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Chimkent—Samara avtotrassasining 1068-kilometrida avtobus texnik nosozlik tufayli to‘xtab qolgan. Bu haqda shoshilinch xizmatlarga xabar berilmagan, yo‘lovchilar xavfsizligi choralari ko‘rilmagan. Avtobus haydovchilari transport salonini kavsharlash (payalnaya) lampasi yordamida isita boshlagan, ehtiyotsizlik tufayli to‘kilib ketgan benzin tufayli esa yong‘in yuzaga kelgan.

Vazirlikning tergov departamenti tomonidan 52 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari o‘limi holati bo‘yicha Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat kodeksining 345-moddasi 4-qismi (Transport vositasini boshqarayotgan shaxs tomonidan ehtiyotsizlik tufayli ikki yoki undan ortiq shaxsning o‘limiga olib kelgan yo‘l harakati yoki transport vositalaridan foydalanish qoidalarining buzilishi) va 348-moddasi 4-qismi (Texnik holat uchun mas’ul bo‘lgan shaxs tomonidan ehtiyotsizlik tufayli ikki yoki undan ortiq shaxsning o‘limiga olib kelgan transport vositalarining sifatsiz ta’mirlanishi yoki texnik nosozligi bo‘lgan transport vositalarining foydalanishga chiqarilishi) bo‘yicha jinoyat ishlari ochilgan.

Ayni paytda avtobus haydovchilari M.Pernebekov, N.Qirg‘izboyev va B.Tanatov hibsga olish ehtiyot chorasi ko‘rilgan tarzda jinoiy javobgarlikka tortilmoqda. Texnik nosoz avtobusning qatnovga chiqarilishi sabablari, sharoitlari va asoslari o‘rganiladi. Tergov tugashi bilan choralar ko‘rilishi uchun xulosalar tegishli davlat va vakolatli organlarga taqdim etiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘iston IIV: Aqto‘beda yonib ketgan avtobus texnik nosoz bo‘lgan