15:20 / 20.02.2018
28 813

Bolgariyalik bashoratchi Vanganing 2018 yil uchun bashorati…

Bolgariyalik bashoratchi Vanganing 2018 yil uchun bashorati…
O‘z davrida Amerikadagi yirik terror harakati va Angliyadagi Breksitni to‘g‘ri bashorat qilgan bolgariyalik bashoratchi Vanga 2018 yil uchun ikkita muhim bashoratlarni ham qoldirgan ekan. Ularning birinchisi dunyo miqyosidagi yetakchi davlat o‘zgarishi bilan bog‘liq. Vanganing aytishicha, yaqin yillarda dunyodagi yetakchi davlat sifatida Xitoy e’tirof etila boshlaydi. Sababi, bu davlat iqtisodi keyingi vaqtlarda katta tezlikda oldinga siljimoqda.

Masalan, 1970 yili dunyo iqtisodidagi Xitoyning ulushi 4, 1 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2015 yilga kelib bu ulush 15, 6 foizni tashkil etgan. To‘g‘ri, hozircha Xitoy Amerikani bu masalada to‘liq quvib o‘tgan emas. Ammo mutaxassislar, ekspertlar quvib o‘tish hodisasi nari borsa 2025 yilda albatta sodir bo‘lishini aytishmoqda. Agar 2015 yili jahon iqtisodidagi Amerikaning ulushi 16, 7 foizga teng bo‘lsa, 2025 yilga borib bu ko‘rsatkich 14, 9 foizga tushib qoladi.

Vanganing ikkinchi bashorati Venera bilan bog‘liq. U Venerada yangi quvvat manbai borligi aniqlanishini bashorat qilgan. Hozircha Veneraga nisbatan hech kim hech qanday missiya belgilamagan. Ammo 2018 yili NASA tashkiloti “Parker Solar Probe” avtomat zondini Quyoshga uchirishni mo‘ljallamoqda. Zond quyoshning ustki qatlamini o‘rganib, undan ajralib chiqadigan magnit maydoni shamolga qanday ta’sir ko‘rsatishini aniqlaydi, bundan tashqari, quyoshdagi boshqa bizga ma’lum bo‘lmagan jihatlarni o‘rganib, yerga ma’lumot yuboradi.

Zond xuddi shu jarayonda yetti karra Venera yaqinidan uchib o‘tadi. Parvoz davomida u Veneraning tortish kuchidan Quyoshga yaqin borish maqsadlarida foydalanadi. Shu bahonada Vanga aytgan o‘sha yangi quvvat manbai aniqlansa, ajab emas.

Manba: hordiq.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bolgariyalik bashoratchi Vanganing 2018 yil uchun bashorati…