21:30 / 20.02.2018
7 065

“Odambosh” baliq bilan 30 yildan beri do‘st tutingan yapon

“Odambosh” baliq bilan 30 yildan beri do‘st tutingan yapon
Yaponiyalik dayver 80-yillar oxirida “odambosh” gubanni (baliq turi) ochlikdan qutqarib qolgan edi. Shundan beri xaloskor baliqni tez-tez holidan xabar olib turadi. Bu haqda Darakchi nashri yozmoqda.

Tokiolik qariya Xiroyuki Arakava suvosti ibodatxonasida yashovchi Yoriko ismli ulkan baliq bilan 30 yildan buyon do‘stlashib keladi. Ushbu tur baliqlarning kallasi baliqnikidan ko‘ra ko‘proq odam boshiga o‘xshab ketadi.

O‘tgan asrning 80-yillarida g‘avvos baliqni ochlikdan saqlab qoladi. G‘avvos baliq garpun bilan yaralanganini ko‘radi va har kuni baliq yoniga suzib kelib, uni qisqichbaqa va baliqchalar bilan boqa boshlaydi.

Tez orada Yoriko tuzalib ketib, endi o‘zi ov qilishga o‘tadi. Ammo xaloskorini sira unutmaydi. O‘shandan beri odam va baliq do‘stlashib keladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Odambosh” baliq bilan 30 yildan beri do‘st tutingan yapon