18:21 / 21.02.2018
4 081

Qozog‘iston korrupsiya bo‘yicha Ozarbayjon va Moldova bilan tenglashtirildi

Qozog‘iston korrupsiya bo‘yicha Ozarbayjon va Moldova bilan tenglashtirildi
Qozog‘iston xalqaro Transparency International tashkiloti tomonidan e’lon qilingan korrupsiyaga qarshi kurash indeksi borasida 2017 yilda to‘qqizta punkt bo‘yicha o‘z mavqeini ko‘tardi.

180 ta mamlakat orasida Qozog‘iston (122) mintaqadagi qo‘shnilari bo‘lmish, Qirg‘iziston – 135, Rossiya – 135, O‘zbekiston – 157, Tojikiston – 161 va Turkmaniston – 167 kabi davlatlarni ortda qoldirdi.

2016 yilgi Hisobotda mamlakat Eron, Rossiya va Ukraina bilan birgalikda 131 o‘rinni egallagan edi.

Yetakchilarning beshligiga – Yangi Zelandiya, Daniya, Finlyandiya, Norvegiya va Shveysariya kirdi. Eng past ko‘rsatgichga ega mamlakatlar – Somali, Janubiy Sudan, Suriya, Afg‘oniston va Yaman bo‘ldi.

“Natijalar tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, NNT va OAVlarga bosim o‘tkazish korrupsiya darajasining yuqoriligi bilan bog‘liqdir. Jahonda korrupsiyaga qarshi kurash kuchayib borayotganiga qaramay, ko‘plab mamlakatlarda sa’y-harakatlar sekinlik bilan olib borilmoqda”, – deyiladi Transparency International xabarida.

Manba: Tnews.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘iston korrupsiya bo‘yicha Ozarbayjon va Moldova bilan tenglashtirildi