15:45 / 25.02.2018
5 749

Dunyoning eng semiz kishisi nihoyat ozish pallasiga kirdi…

Dunyoning eng semiz kishisi nihoyat ozish pallasiga kirdi…
Meksikalik 33 yoshli Xuan Pedro Frankoning vazni shu paytgacha 590 kilogrammni tashkil etgan. U dunyoning eng semiz kishisi sifatida e’tirof etilib, Ginnes rekordlar kitobiga ham kiritilgandi. Bu yigit o‘rnidan tura olmasdi. Hatto o‘tirishga ham imkon topa olmay xunob edi.

Yaqindan beri u bir necha jarrohlik amaliyotlarini boshdan o‘tkazdi. Vrachlar uning oshqozonini ikki hissaga kichraytirishdi. Keyin esa qat’iy tartibdagi parhezga o‘tdi. Qarabsizki, harakatlar o‘z natijasini bera boshladi. So‘nggi uch oy ichida Pedro Frankoning sof vazni 453 kilogrammga tushdi.

Lekin u bugungi natija bilan kifoya qilishni sira istamas ekan. Parhezni, vrachlar belgilagan mashg‘ulotlarni davom ettirib, to o‘zi mustaqil o‘rnidan tura olmaguncha, o‘zi mustaqil tarzda yura olmaguncha harakatdan to‘xtamaydi.

Manba: hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyoning eng semiz kishisi nihoyat ozish pallasiga kirdi…