26 fevralda Turkmanistonning Lebap viloyati ma’muriy markazi bo‘lgan Turkmanobod shahrida xalqaro aeroport ochilishi tantanali marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mahalliy OAVning ma’lum qilishicha, mahalliy xo‘jalik “Gundo‘gdi” tomondan qurilgan aeroport shahardan 13 km uzoqlikda hamda Ashxobod-Turkmanobod avtomobil yo‘li va Ashxobod-Kerki temir yo‘li yaqinida joylashgan.
Aeroport soatiga 500 yo‘lovchi o‘tkaza oladi. Uzunligi 3800 metr va eni 65 metr keladigan yangi uchish-qo‘nish polosasi parvozlarni ta’minlovchi zamonaviy vositalar – yorug‘lik-signal beruvchi va meteorologik tizimlar bilan jihozlangan. Bu tizimlar aeroportda barcha turdagi samolyotlarga xizmat ko‘rsatishga imkon beradi.
Omborlarga ega yuk terminali yiliga 200 ming tonna yukni qayta ishlashga mo‘ljallangan.
Aerodromda avtomatlashgan meteoroligik tizim, radiotexnik, yorug‘lik-signal beruvchi va ornitologik qurilmalar o‘rnatilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi