10:27 / 27.02.2018
5 750

Turkmanistonda xorijga chiqish pasportining harakat muddatini bir yilgacha qisqartirish ko‘zda tutilmoqda

Turkmanistonda xorijga chiqish pasportining harakat muddatini bir yilgacha qisqartirish ko‘zda tutilmoqda
Turkmaniston fuqorosining xorijga chiqish biometrik pasporti harakat muddatini bir yilgacha qisqartirish ko‘zda tutilmoqda. Turkmaniston davlat migratsiya xizmatidagi bir nechta manbasi bergan ma’lumotlarga qaraganda, ayni damda xorijga chiqish hujjati muddatini qisqartirish rejalashtirilmoqda.

Yangi namunadagi biometrik pasport yoki fuqoroning xorijga chiqish pasporti 2008 yil iyulida muammolaga kiritilgan edi. Turkmaniston prezidentining №9895 farmoyishiga ko‘ra, xorijga chiqqish hujjati katta yoshdagilarga 10 yil muddatga, 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga esa 5 yil muddatga beriladi, deb yozmoqda Tnews.uz sayti.

2016 yilda hujjatning amal qilish muddati besh yillik muddatga cheklangan edi. Yangi pasportlar fuqorolarga besh yillik muddatga berilgan, biroq xukumat rasmiylari bu o‘zgarishlar haqida ma’lum qilishmagan edi.

2008 yilga qadar Turkmaniston fuqorolari mamlakat ichkarisi va xorijga chiqishda qo‘llaniladigan yagona hujjatga ega edi. Biometrik belgilar bo‘lgan yangi namunadagi pasport muammolaga kiritilishi bilan ko‘pchilik yangi pasport olishda murakabliklar bilan to‘qnash keldi. Yuz minglab fuqorolar eski pasportlari bilan chet elda qolib ketishdi, bu o‘z navbatida noqonuniy ravishda xorijda bo‘lish degan ma’noni keltirib chiqardi, yangi pasport olish uchun mamlakatga kelish talab qilinardi, bu o‘z navbatida o‘rnatilgan muddatda pasport olmaslik migratsiya qonunchiligini buzishni anglatardi va jarimaga tortilishlariga sabab bo‘ldi.

Xorijga chiqish pasportini faqat mamlakatning o‘zida olish mumkin, Turkmanistonning chet ellardagi vakolatxonalarida hujjatni rasmiylashtirish ko‘zda tutilmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkmanistonda xorijga chiqish pasportining harakat muddatini bir yilgacha qisqartirish ko‘zda tutilmoqda