12:40 / 27.02.2018
4 845

Ikki chiptasiz yo‘lovchi Nyu-Yorkka samolyot shassisida uchib ketmoqchi bo‘ldi, ammo yerga qulab halok bo‘ldi

Ikki chiptasiz yo‘lovchi Nyu-Yorkka samolyot shassisida uchib ketmoqchi bo‘ldi, ammo yerga qulab halok bo‘ldi
Samolyot shassisi stoykasida chiptasiz parvoz qilmoqchi bo‘lgan ikki nafar Peru fuqarosi yerga qulab halok bo‘ldi. Bu haqda “Gazeta.ru”ga tayanib “Daryo” xabar berdi.

Politsiya generali Marselo Tobar ma’lum qilishicha, jasadlar Ekvadorning Guayakil shahar aeroportining uchish-qo‘nish yo‘lagida samolyot yaqinidan topilgan.

Layner Perudan Ekvadorga parvozni amalga oshirgan. So‘ng samolyot Nyu-Yorkka uchib chiqqan, ammo Ekvador politsiyasi shassi stoykasida boshqa chiptasiz yo‘lovchilar bo‘lishi mumkinligidan gumon qilgani tufayli, ortiga qaytishiga to‘g‘ri kelgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ikki chiptasiz yo‘lovchi Nyu-Yorkka samolyot shassisida uchib ketmoqchi bo‘ldi, ammo yerga qulab halok bo‘ldi