09:26 / 28.02.2018
5 083

Filning erkakka hujumi ayanchli yakunlandi (video)

Filning erkakka hujumi ayanchli yakunlandi (video)
Internetda hindistonlik fermerning fil tomonidan hujumga uchrashi videosi paydo bo‘ldi. Ushbu video YouTube kanalida joylashtirilgan.

Voqea Andxra-Pradesh shtatidagi Bangarapet shahri yaqinida yuz bergan. Videoda fil erkakni ta’qib qilib, uni toptayotganini ko‘rish mumkin. Atrofdagi odamlar filni quvib yuborishga harakat qilishgan.

Hujum oqibatida 56 yoshli fermer halok bo‘lgan. O‘rmon xo‘jaligi departamenti uning oilasiga tovon puli sifatida 7,7 ming dollar to‘lab berishga rozi bo‘lgan.

Xabarda berilishicha, shahar aholisi anchadan beri yovvoyi hayvonlar tajovuzidan aziyat chekib keladi. Odamlar hukumatga hayvonlarni quvib yuborish iltimosi bilan murojaat qilganlariga qaramay, muammo hanuzgacha hal qilinmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Filning erkakka hujumi ayanchli yakunlandi (video)