6 372
Afg‘oniston prezidenti: “Tolibon”ni siyosiy guruh deb tan olamiz, ularga pasport beriladi
Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani “Tolibon” harakatini siyosiy guruh deb tan olinishini yoqlab chiqish qildi, deb xabar berdi Sof.uz nashri.
Telekanal xabariga ko‘ra, Ashraf G‘ani Afg‘oniston hukumati toliblar va ularning oila a’zolariga pasportlar berib, harakat yetakchilaridan sanksiyalarni olib tashlash bo‘yicha ish boshlashini ma’lum qilgan.
“Biz shuningdek, qamoqqa olingan toliblarning ozodlikka chiqarilishi ustida ishlaymiz”, — deb qo‘shimcha qilgan Afg‘oniston prezidenti.
Ashraf G‘ani shuningdek, hukumat tinchlik jarayoniga qo‘shilgan “Tolibon” a’zolari xavfsizligini ta’minlashini alohida ta’kidlagan. “Tinchlik muzokaralarida ”Tolibon“ fikrini inobatga olamiz”, — deya izoh bergan u.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi oylarda Afg‘onistondagi vaziyat keskin yomonlashgan. Mamlakatning qishloq tumanlaridagi kattagina hududlarni egallab olgan “Tolibon” radikal harakati yirik shaharlarga hujumga o‘tgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi