19:30 / 02.03.2018
15 454

Rossiyaning eng zamonaviy qurollari (video)

Rossiyaning eng zamonaviy qurollari (video)
Avvalroq, Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning Moskvadagi Manej binosida saylov va saksiyalardan oldin murojaat bilan chiqqani haqida xabar qilgan edik.

Putin o‘tgan oyda AQSH va NATO tomonidan e’lon qilinishi aniq bo‘lgan iqtisodiy-siyosiy sanksiyalarga javoban munosabat bildirdi.

“Shu paytgacha bizni hech kim eshitmadi. Endi eshitadi”, deya gapini boshladi Putin. Shundan keyin u to‘planganlarni video taqdimotga e’tibor qilishlarini iltimos qiladi.

Videoda “Kinjal” raketa tizimidagi “Sarmat” nomli mudofaani aylanib o‘tuvchi, dunyoning boshqa mamlakatlarida bo‘lmagan qurol taqdim qilindi.

Shundan keyin dunyodagi eng mukammal ishlangan lazer quroli namoyish etiladi.

Ta’kidlash kerakki, Putin joriy yil 18 mart kuni bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlari oldidan Rossiyaning harbiy qudratini butun dunyoga ko‘z-ko‘z qildi.
Путин показал образцы нового оружия

«Нас никто не слушал. Послушайте сейчас», — 42 минуты из двухчасового послания Федеральному собранию Путин посвятил демонстрации нового вооружения

Опубликовано РБК 1 марта 2018 г.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyada o‘tkazilgan so‘rov natijasida ko‘pchilik aholi Putin bo‘lajak saylovlarda g‘olib chiqishini taxmin qilgini haqida xabar bergan edik.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyaning eng zamonaviy qurollari (video)