21:20 / 02.03.2018
11 418

Ajoyibot: “Alloh” yozuvi imom mashinasida paydo bo‘ldi

Ajoyibot: “Alloh” yozuvi imom mashinasida paydo bo‘ldi
Oksford shahri markaziy masjidining imomi Xoja Ramzi hazrat kechki ibodatdan keyin ko‘chaga chiqib, avtomashinasining kapoti ustida arab tilida “Alloh” yozuvi paydo bo‘lib qolganiga guvoh bo‘ldi.

Britaniyalik Metro nashrining yozishicha, ushbu yozuv mashina ustiga tushgan qor uchqunlaridan hosil bo‘lgan.

Imom bu yozuvni diqqat bilan o‘rganib, unda haqiqatdan ham “Alloh” yozuvi yozilganiga amin bo‘ldi va uni suratga olib qo‘ydi.

Imomning aytishicha, bu yozuv inson qo‘li bilan qilinmagan, negaki kapot ustidagi qor tabiiy holatda turgan edi.

“Bu Allohning menga yuborgan biron bir belgisi bo‘lsa kerak”, - deya o‘z hayajonini yashira olmadi imom.

Manba: O‘MI rasmiy sayti

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ajoyibot: “Alloh” yozuvi imom mashinasida paydo bo‘ldi