4 872
Amerika hukumati politsiya hijobni yechishni talab qilgan uch ayolga 180 ming dollar to‘laydi
Nyu-York hukumati politsiya hijobni yechishni talab qilgan uch nafar musulmon ayolga 180 ming dollar to‘laydi, deb xabar bermoqda Sof.uz.
Ayollardan biri bilan bog‘liq muammoli vaziyat 2012 yilda yuz bergan edi. O‘shanda musulmon qiz maktabda o‘zi haqida gap tarqatayotgan ikki o‘quvchi qiz bilan janjallashib qolgan. Natijada politsiya janjal ishtirokchilarining barchasini hibsga olgan edi.
Huquq-tartibot organlari xodimlari holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atmadi, biroq ular hibsga olingan qizlarni suratga tushirib oldi. Buning uchun esa politsiyachilar musulmon qizdan hijobini yechishni talab qildi. Qiz esa o‘zining diniy huquq va erkinliklari buzilgani uchun politsiyachilarni sudga berdi.
Qizga sudda Taxani Abushi advokatlik qildi. U 2015—2016 yillarda ham xuddi shunday sud ishlarida ishtirok etdi. Natijada esa advokat himoyasidagi ayollarning har biri 60 ming dollar kompensatsiyaga ega bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi