13:42 / 03.03.2018
5 149

Turkmaniston prezidenti mamlakat ayollariga 8 martda 11 dollargacha mukofot beradi

Turkmaniston prezidenti mamlakat ayollariga 8 martda 11 dollargacha mukofot beradi
Prezident Gurbanguli Berdimuhamedovning 8 mart Xalqaro Xotin-qizlar kuni munosabati bilan mamlakat xotin-qizlariga beradligan pul mukofoti bu yil 40 manat yoki Turkmaniston MB rasmiy kursi bo‘yicha 11,4 AQSH dollarini tashkil qiladi.

28 fevral kuni davlat rahbari imzolgan farmoyishga ko‘ra, Xalqaro Xotin-qizlar kuni munosabati bilan 2018 yilning 1-6 mart oralig‘ida Turkmaniston prezidenti nomidan ayollarga tantanali ravishda 40 manat miqdorida pul mukofoti topshirilishi qayd qilinadi.

Rasmiy matbuotning ma’lumotiga tayanib Tnews.uz sayti yozishicha, mukofotlar mulkchilik shaklidan qatiy nazar korxona, muassasa va tashkilotlarda mehnat qilayotgan, davlat tomonidan nafaqa va pensiya olayotgan, ishlab chiqarishdan ajralgan holda aspirantura, doktorantura va klinik ordinaturada ta’lim olayotgan, Turkmaniston prezidenti huzuridagi Davlat xizmati Akademiyasi kurslari tinglovchilari bo‘lgan xotin-qizlarga, talaba, maktab o‘quvchilari va maktabgacha ta’lim muassasaslari tarbiyalanuvchi bo‘lgan qizlarga berilishi ko‘zda tutiladi.

Prezidentning 40 manat miqdoridagi pul mukofoti Turkmaniston xotin-qizlariga har yili beriladi. Mukofotlarni topshirish tadbirlari ananaga ko‘ra Davlat televideniyasi orqali namoyish etiladi.

8 Mart Xalqaro Xotin-qizlar kunini bayram qilish ananasi 2008 yilda prezident Gurbanguli Berdimuhamedov tomonidan qayta tiklangan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkmaniston prezidenti mamlakat ayollariga 8 martda 11 dollargacha mukofot beradi