Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2014 yili bortida bomba bor deya taxmin qilingan samolyotni urib tushirishga buyruq bergan. Bu haqda «Putin» nomli hujjatli filmda so‘z boradi, deb xabar qiladi «Daryo» nashri.
Ta’kidlanishicha, ikki soat davom etadigan hujjatli filmda Rossiya prezidenti 2014 yil 7 fevral sanasida, Sochidagi Olimpiadaning ochilishi oldidan unga xavfsizlik xizmati ofitseri qo‘ng‘iroq qilib, Xarkovdan Istanbulga uchayotgan samolyot qo‘lga olinganini ma’lum qilgan.
Putinning so‘zlariga ko‘ra, samolyotni qo‘lga olganlar uni Sochiga qo‘ndirmoqchi bo‘lgan. Boeing 737-800 havo kemasining uchuvchilari yo‘lovchilardan birida bomba borligini aytgan.
«Samolyot bortida 110 nafar yo‘lovchi bor edi, stadionda esa 40 mingdan ortiq odam Olimpiadaning ochilish marosimiga to‘plangan», — deyiladi xabarda.
Putinning aytishicha, prezident o‘sha vaqtda xavfsizlik xizmati xodimlariga maslahat so‘rab murojaat qilgan, ular esa o‘z navbatida bu kabi favqulodda holatlarda samolyot urib tushirilishini ma’lum qilgan.
«Men ularga reja bo‘yicha ish ko‘rishlarini buyurdim», — deydi Putin, shundan so‘ng u Olimpiada o‘yinlarining ochilishiga yetib kelgan.
Bir necha daqiqadan so‘ng Putinga yana bir qo‘ng‘iroq bo‘lgan: bu safar unga xabar yolg‘on ekanligini, yo‘lovchi mast ahvolda bo‘lganligini hamda samolyot Turkiyaga o‘z parvozini davom ettirganligini ma’lum qilishgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi