19:38 / 15.03.2018
5 545

Yoqutistonda osmondan “oltin yombi”lar yog‘di (video)

Yoqutistonda osmondan “oltin yombi”lar yog‘di (video)
Yoqutistonliklar oltin vasvasasida yombilarni qidirmoqda, deb xabar berdi Darakchi nashri.

Osmondan “tilla yomg‘iri” yog‘dirgan Yoqutistonning An-12 samolyoti bortida 9,3 tonnaga yaqin qimmatbaho metall va har birining og‘irligi 20 kilogrammdan bo‘lgan oltin yombilar bo‘lgan.

Mazkur yuk nafaqat aeroport qo‘nish yo‘lagiga, balki Yoqutiston poytaxtidan 24 kilometr uzoqlikda joylashgan Magan posyolkasiga ham to‘kilgan.

Voqea guvohlari mahalliy aholining qay daradaja vasvasaga tushganligini videoga olishgan.

Yoqutistonning “Nimbus” aviakompaniyasiga tegishli № 9297 raqamli reys 12:51 da havoga ko‘tarilgan, biroq Krasnoyarskka yetmay turib, yuk joylashtirilgan qismining eshik tavaqasi ochilib ketgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bunday hodisa yuz berishiga yukning noto‘g‘ri joylashtirilganligi sabab bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yoqutistonda osmondan “oltin yombi”lar yog‘di (video)