Foto: «Kremlin.ru»
Bugun, 18 mart kuni Rossiya Federatsiyasida muhim siyosiy jarayon — Prezident saylovi bo‘lib o‘tayotgani haqida xabar bergan edik.
Saylovda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin ham ovoz berdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi, deb yozadi Xabar nashri.
Ovoz berishdan keyin jurnalistlar Prezidentni savolga tutishdi, Putin esa o‘z uslubida javob berdi. OAV xodimlarining tagdor savollariga davlat rahbari ham hazilomuz va tagdor qilib javob qaytardi.
Savol: Vladimir Vladimirovich, bugungi rejalar qanday?
Javob: Doimgidek: bir necha amaliy uchrashuvlar bor.
Savol: Saylovda g‘alaba qozonish uchun sizga qancha ovoz to‘plash kifoya qiladi, deb o‘ylaysiz?
Javob: Rossiya Federatsiyasi Prezidenti vazifasini bajarish huquqini berishga yetsa bo‘ldi.
Savol: Vladimir Vladimirovich, ovoz berishingiz balki qiyinroq bo‘lgandir, o‘zingiz uchun ovoz berish noqulay har holda. Yoki «Ovoz berolmayman»ni belgiladingizmi?
Javob: Nega endi «ovoz berolmayman»? Men mamlakat taraqqiyoti uchun taklif etilgan dasturimning to‘g‘riligiga ishonaman. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi