Bu mamlakatning Oklaxoma shtatida xuddi shu gazsimon azot yordamida qatl ijro etilishi haqida kelishib olindi. Azot keyingi paytda o‘zini oqlamay qo‘ygan in’eksiya o‘rnini egallaydi.
2015 yili Oklaxoma shtatida o‘lim jazosi ijrosini bir nechta janjalli hodisalar tufayli to‘xtatib qo‘yishgandi. Janjal jazoni ijro etishda qo‘llangan in’eksiya o‘zini oqlamasligi natijasida kelib chiqqan. Masalan, 2014 yili o‘limga mahkum etilgan Kleyton Lokett tomiriga yuborilgan dori boshqachasiga ta’sir etib, taxminan 40 daqiqa o‘lim bilan olishgan. Dori uning tanasida kuchli og‘riq uyg‘otgan ekan. Vaholanki, mahalliy qonunlarga ko‘ra, tomirga o‘ldirish uchun yuborilgan dori avval mahkumni uxlatib qo‘yishi va u qaytib uyg‘onmasligi lozim edi.
Boshqa shtatlarda ham vaqtinchalik o‘lim jazosi to‘xtatilgan vaziyatlar ko‘zga tashlangan. Bu hududlarda jazo ijrosi uchun in’eksiya yetishmasligi sabab qilib ko‘rsatilgan. Buning asosiy sababi shundaki, ilgari Amerika o‘lim jazosi ijrosi uchun zaharli dorini Yevropadan olardi. Yevropaliklar esa so‘nggi yillarda Amerikada o‘lim jazosi bekor qilinishi lozimligini uqtira boshlashgan. Shuning uchun zaharli dorini bermay qo‘yishgan.
Hozirgi paytda Oklaxoma turmalarida jami 15 nafar o‘limga mahkum etilgan jinoyatchi jazo ijrosini kutmoqda.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan