14:01 / 20.03.2018
4 100

Putin o‘zining "ustuvor vazifalari"ni so‘zlab berdi

Путин ўзининг "устувор вазифалари"ни сўзлаб берди
Foto: «RIA Novosti»
Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘zining saylov shtabi vakillari bilan o‘tkazgan yig‘ilishida to‘rtinchi prezidentlik muddatidagi asosiy vazifasi ichki muammolarni hal etish ekanligini aytib o‘tdi. Bu haqda «Xabar» nashri ma’lum qilmoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra asosiy vazifa Rossiya iqtisodiyotini ko‘tarish va unga innovatsion tus berishdir.

«Bu sog‘liqni saqlash, ta’lim sohasi, ishlab chiqarishdagi, infrastruktura va fuqarolarimiz hayot darajasini oshirishga qaratilgan ko‘plab sohalardagi rivojlanishni o‘z ichiga qamrab oladi», — dedi Putin.

Shu bilan birga, davlat rahbari mamlakatning mudofaa va xavfsizlik masalalarini ham e’tibordan chetda qoldirmasligini aytib o‘tdi.

Avvalroq prezidentning matbuot kotibi Dmitriy Peskov Putinning mamlakatni rivojlantirishning tushunarli va izchil rejasi borligini aytgan edi. Uning rejasi davlat rahbarining ko‘rsatmalariga asosan tayyorlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin o‘zining "ustuvor vazifalari"ni so‘zlab berdi