00:51 / 21.03.2018
4 408

Tramp Putinni saylovdagi g‘alaba bilan qutladi

Tramp Putinni saylovdagi g‘alaba bilan qutladi
AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putinga qo‘ng‘iroq qildi. Bu haqda Kreml rasmiy saytiga iqtibos keltirgan holda Kun nashri ma’lum qiladi.

Tramp Putinni saylovdagi g‘alaba bilan qutlagan.

Ikki davlat rahbarlari muloqot chog‘ida xalqaro kun tartibidagi dolzarb mavzularni, xususan, Ukraina va Suriya masalasini muhokama qilishgan.

«Tomonlar Suriya va Ukrainadagi vaziyatni izga solish uchun harakatlarni jadallashtirish muhimligini qayd etishgan. Ular Koreya yarim orolidagi vaziyatni ham muhokama qilishgan. Putin va Tramp bu masalalarni diplomatik yo‘l bilan hal qilish zarurligiga e’tibor qaratishdi.

Muloqot ishchi xarakterda, Rossiya-Amerika munosabatlaridagi muammolarni hal qilishga qaratilgan ruhda o‘tkazildi», deyilgan xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp Putinni saylovdagi g‘alaba bilan qutladi