17:00 / 21.03.2018
5 238

Gaz portlashi oqibatida ko‘p qavatli uyning 3 ta qavati yakson bo‘ldi (foto)

Gaz portlashi oqibatida ko‘p qavatli uyning 3 ta qavati yakson bo‘ldi (foto)
Foto: «Lenta.ru»
Murmanskda gaz portlashi natijasida ko‘p qavatli uyning 3 ta qavati yakson bo‘ldi. Bir kishi halok bo‘lgan, bir necha kishi jarohat olgan. Bu haqida Rossiya favqulodda vaziyatlar vazirligining ma’lumotiga asosan Xabar nashrida xabar berildi.

Portlash ko‘p qavatli uyning uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi qavatlariga zarar yetkazgan. Vayrona orasida hali ham qutqarilishi lozim bo‘lgan insonlar bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.

Hodisa joyida qutqaruvchilar ishlamoqda, portlash sababi ham o‘rganilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Gaz portlashi oqibatida ko‘p qavatli uyning 3 ta qavati yakson bo‘ldi (foto)