19:11 / 21.03.2018
8 664

Pentagon: "AQSh Rossiyaning gipertovushli quroli qarshisida ojiz"

Пентагон: "АҚШ Россиянинг гипертовушли қуроли қаршисида ожиз"
AQShda Rossiyaning gipertovushli quroliga qarshi qo‘yish uchun hech narsa yo‘q. Bu haqda AQSh qurolli kuchlari strategik qo‘mondonligi raisi general Jon Xayten Amerika senatining qurolli kuchlar qo‘mitasidagi eshituvlar chog‘ida aytib o‘tdi, deb yozadi «Daryo».

General AQSh bevosita gipertovushli quroldan himoya vositasiga ega emas, deb fikr bildirdi.

«Bizda o‘zimizga qarshi bunday qurol qo‘llanilishining oldini olish mumkin bo‘lgan hech qanaqa himoya yo‘q», — dedi u.

Ayni vaqtda u AQShning bunday turdagi qurol-yarog‘dan yagona himoyasi «yadroli qasos haqidagi tahdid» ekanligini aytdi.

Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Federal Majlisga yo‘llagan murojaatida «Xanjar» yuqori aniqlikdagi gipertovushli aviatsiya-raketa majmuasi tajribaviy-jangovar navbatchilikni qabul qilib olganini ma’lum qilgandi.

Keyinroq AQSh qurolli kuchlari strategik qo‘mondonligi boshlig‘i Jon Xayten AQSh gipertovushli qurolga qarshi turish uchun bazasi orbitada bo‘lgan radarlar tizimini rivojlantirishi kerakligini aytgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Pentagon: "AQSh Rossiyaning gipertovushli quroli qarshisida ojiz"