14:30 / 22.03.2018
4 629

10 dollarga sotib olingan surat ekspertlar tomonidan 2 million dollarga baholandi

10 dollarga sotib olingan surat ekspertlar tomonidan 2 million dollarga baholandi
Foto: The Times

Jastin Uayting eBay internet-auksionidan eski bir suratni 10 dollarga sotib olgan. Ekspertizadan so‘ng ma’lum bo‘lishicha, mazkur surat XIX asrda mashhurlikka erishgan amerikalik jinoyatchi — Jessi Jeymsning yoshlikdagi surati bo‘lib chiqqan va u 2 million dollarga baholangan. Bu haqda The Times nashriga tayanib, Daryo xabar berdi.

Kolleksiyachi Uayting Yovvoyi G‘arb tarixi va madaniyati ishqibozi. Suratni sotib olgan Uayting uni XIX asr suratlari bo‘yicha mutaxassis Uill Danniueyga ekspertiza uchun topshirgan. Aniqlanishicha, surat 1861 yoki 1862 yilda tushirilgan va unda 14 yoshli amerikalik jinoyatchi Jessi Jeyms tasvirlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 10 dollarga sotib olingan surat ekspertlar tomonidan 2 million dollarga baholandi