19:35 / 24.03.2018
3 451

Qozog‘istonlik maktab o‘quvchisi 30 ga yaqin ixtirolar egasi

Qozog‘istonlik maktab o‘quvchisi 30 ga yaqin ixtirolar egasi
Olmaotaning 28-sonli maktab-litsey o‘quvchisi Timur Rispekov 2017 yilda “Qozog‘istonning 100 kishisi” ro‘yxatiga kirgan edi. U mamlakat va xalqaro miqyosdagi fan olimpiadalari va konkurslarda qatnashib, ularning aksariyatida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. Har qanday murakkab masalani yechishga qodir kalkulyator-hisoblagich esa uning ilk loyihasi bo‘lgan.

Timur Rispekov 6-sinfda o‘qib yurganida dasturlash, fizika va metamatikaga juda qiziqib qoladi. Shundan so‘ng robotlar yasashga tushadi. Bugun esa 17 yoshli Timur 50 yaqin loyihaning muallifi. Loyihalaridan 28 tasi patentlangan.

Yosh ixtirochining oxirgi ishlanmasi atrof-muhitning nechog‘lik ifloslanganligini aniqlaydigan robotdir. O‘zining aytishicha, u bu kabi robotlarni yasashda zarur bo‘ladigan qismlarni bozordan tashqari internetdan ham buyurtma qiladi. Ilgari u loyihalarni bir o‘zi amalga oshirgan bo‘lsa, endi jamoasini shakllantirayapti. Shu maqsadda do‘stlarini ham dasturlashga o‘rgatayotir.

2016 yilda yosh ixtirochiga Kanada davlatida o‘qishni taklif qilishdi. U yoqda Timur aniq fanlarni o‘rganishga yanada ishtiyoq bilan kirishdi. Hatto tog‘-kon sanoatida amaliyot ham o‘tadi. Tinimsiz o‘qib-izlanish samara bermay qolmaydi. Timur Rispekov Kanadaning yosh matematiklar top 25 taligiga ham kirishga ulgurgan. Hozir esa 9-sinfda o‘qishni davom ettirmoqda. Shu bilan birga dunyoning yetakchi universitetlari onlayn kurslariga ham qatnashayotir. Uning ixtirolariga xalqaro kompaniyalardan biri qiziqib qolgan.

Manba: O‘zA

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonlik maktab o‘quvchisi 30 ga yaqin ixtirolar egasi