20:01 / 24.03.2018
4 599

Ronaldu tovlamachilikda ayblanmoqda, suddagi ishi pachava bo‘ldi

Ronaldu tovlamachilikda ayblanmoqda, suddagi ishi pachava bo‘ldi
24 mart kuni “Real” hujumchisi Krishtianu Ronalduning soliqlardan bo‘yin tovlaganlik ishi bo‘yicha navbatdagi sud mahkamasi o‘tkazildi.

Futbolchining advokatlari jarayonga uch nafar soliq ekspertini taklif qilishdi. To‘rt soat davom etgan so‘roq natijasida, ekspertlar soliq idoralarining haq ekanini tan olishga majbur bo‘lishgan, deb xabar beradi Kun.uz.

Bundan tashqari, ekspertlar imij huquqlaridan olingan daromad, ko‘char mulk kabi past stavka bo‘yicha soliqqa tortilishi kerakligi haqidagi advokatlarning fikrini umuman noto‘g‘ri ekanini tasdiqlashgan.
Manbaning ta’kidlashicha, bunday ko‘rsatmalardan so‘ng, Ronaldu hukumat vakillari bilan kelishib olishga va nizoni hal qilish uchun muzokara boshlashga majbur bo‘ladi. Aks holda u soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlagani uchun 10 yillik qamoq jazosiga mahkum qilinishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, shu paytgacha Ronaldu bu ish yuzasidan to‘liq aybsiz ekanini ta’kidlab kelayotgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ronaldu tovlamachilikda ayblanmoqda, suddagi ishi pachava bo‘ldi