23:07 / 24.03.2018
3 646

Turkiya prezidenti: “G‘arb butun tarix davomida tajovuzkor ekanini ko‘rsatib kelgan”

Туркия президенти: "Ғарб бутун тарих давомида тажовузкор эканини кўрсатиб келган"
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning ma’lum qilishicha, Suriyada harakat qilayotgan barcha tomonlarning maqsadi va taktikasi mamlakat chegaraoldi tumanlari aholisiga ma’lumdir.

“Aynan shuning uchun Suriyadagi Tall-Rifatdan Manbijgacha, Tall-Obod va Rasulayngacha bo‘lgan tumanlar aholisi Turkiyaning kelishi tarafdoridir, uning siyosati odamlar ongida xavfsizlik, tinchlik va tartibdan darak beradi”, - deya Erdo‘g‘anning so‘zlarini keltiradi Anadolu.

Uning ta’kidlashicha, hech kim Turkiya Suriyani egallab olayotgani haqida bayonot berishga haqli emas.

“Aynan G‘arb butun tarix davomida o‘zini istilochi va tajovuzkor sifatida bir necha marta ko‘rsatib qo‘ygan”, - deya ta’kidlab o‘tdi Turkiya yetakchisi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiya prezidenti: “G‘arb butun tarix davomida tajovuzkor ekanini ko‘rsatib kelgan”