21:26 / 26.03.2018
3 397

Janubiy Koreyada amaldorlarning kompyuteri endi har juma kuni majburan o‘chiriladi

Janubiy Koreyada amaldorlarning kompyuteri endi har juma kuni majburan o‘chiriladi
Janubiy Koreya hukumati Seulda «ortiqcha ish madaniyati»ga qarshi kurashishga qaror qildi. Bunga chora sifatida har juma kuni amaldorlarning kompyuterlari majburiy ravishda o‘chiriladi, deb xabar berdi «Xabar» nashri.

30 martdan boshlab keyingi uch oy davomida davlat tuzilmalarida ishlovchi amaldorlarning kompyuterlari har oyning ikkinchi va to‘rtinchi juma kunlari kechki vaqt o‘chirib qo‘yiladi.

Seulda 30 mart kuni ishchi kompyuterlar kechki soat sakkizda o‘chiriladi, apreldan boshlab esa yarim soat erta o‘chiriladi. Tajribaning uchinchi bosqichida, ya’ni may oyida kompyuterlar har juma kuni soat 19:00 da o‘chirila boshlanadi.

Seul meriyasining ma’lum qilishicha, kompyuterlarning avtomatik ravishda o‘chirilishi barcha xodimlarga taalluqli. Alohida vaziyatlardagina istisno qilinishi mumkin. Shu bilan birga 67,1 foiz davlat xizmatchilar o‘z kompyuterlarining o‘chirilmasligini so‘ragan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Janubiy Koreya hukumati xodimlari yiliga 2738 soat ishlaydi, boshqa rivojlangan davlatlar esa ushbu ko‘rsatgich yiliga 1763 soatga teng. Mart oyining boshida Janubiy Koreya parlamenti ish haftasini 68 soatdan 52 soatga o‘zgartirish bo‘yicha qarorni qabul qilgandi. Mazkur yangilik 2018 yilning iyulidan boshlab kuchga kiradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Janubiy Koreyada amaldorlarning kompyuteri endi har juma kuni majburan o‘chiriladi