Putin Kemerovodagi fojianing asl sabablarini aytdi

  • Dunyo
  • 27-03-2018, 12:39
  • 1 191
  • Путин Кемероводаги фожианинг асл сабабларини айтди
    Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kemerovodagi “Qishki olcha” savdo markazida yuz bergan yong‘in oqibatlarini bartaraf etishga bag‘ishlangan yig‘ilish davomida ro‘y bergan voqeaga beparvolik hamda o‘lda-jo‘lda ish qilish sabab bo‘lganini aytib o‘tdi. Eslatib o‘tamiz, savdo markazidagi yong‘in tufayli 60dan ortiq inson halok bo‘ldi.

    "Bizda nimalar yuz beryapti, axir bu jangovar harakatlar, shaxtada metanning chiqib ketishi kabi kutilmagan hodisa emasku. Odamlar, bolalar dam olishga kelgandi. Biz demografiya haqida gapirmoqdamiz va shuncha insonni nima sababdan yo‘qotmoqdamiz? Qabul qilib bo‘lmas mas’uliyatsizlik, o‘lda-jo‘lda ish qilish tufayli", - deya aytib o‘tdi Putin.

    Shuningdek, u bir daqiqa sukut saqlab, halok bo‘lganlarning yaqinlari va do‘stlariga ta’ziya izhor qildi.

    Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kemerovoga yetib kelgani xabar berilgandi.

    Manba: Kun.uz

    » » Putin Kemerovodagi fojianing asl sabablarini aytdi
    Яндекс.Метрика