18:30 / 27.03.2018
6 838

"20 ming dollarlik kelin" yoxud pul ilinjida qizini qiynoqqa solgan ota-ona...

"20 минг долларлик келин" ёхуд пул илинжида қизини қийноққа солган ота-она...
Amerikaning Texas shtatida yashovchi kelib chiqishi arabistonlik er-xotin 16 yashar qizini nomi va yoshi ma’lum qilinmayotgan erkakka 20 ming dollar evaziga sotgan. Aniqrog‘i, erkak bu pullarni qalin sifatida bergan. Demak, hali balog‘atga yetmagan qiz shu erkakka so‘zsiz turmushga chiqishi lozim edi. Biroq qiz bo‘lmish Maarib al-Xishmavi ota-onasining talabini ado etishdan keskin bosh tortgan. Azbaroyi g‘azabga kelgan ota-ona esa qizni goh shvabra bilan kaltaklagan, goh qaynab turgan yog‘ni ustiga sepgan, bo‘g‘ishgacha borgan. Jonidan to‘ygan qiz kunlarning birida uydan qochib ketishga majbur bo‘lgan.

Mahalliy politsiya sherifi Xaver Salazarning gapiga qaraganda, darhol qizga nisbatan federal qidiruv e’lon qilingan. Tez orada uni topib voyaga yetmaganlar internatiga topshirishgan. Ota-onasi esa qamoqqa olingan. Ularning besh nafar qiz va o‘g‘il farzandlari ham internatga topshirib yuborilgan. Baxtga qarshi, Amerika qonunlariga ko‘ra, ota-ona har biriga 30 ming dollardan garov puli to‘lanish evaziga vaqtinchalik, aniqrog‘i, sudga qadar qamoqdan ozod etildi.

Shaxsi va yoshi sir tutilgan bo‘lg‘usi «kuyov» ham yaqin orada qamoqqa olinishi kutilmoqda. Mahalliy politsiya mahkamasi shtat markazi tergovchilarini xuddi shu ishni birgalikda ko‘rib chiqish uchun yordamga chaqirgan.

Eslatib o‘tamiz, Amerika qonunlari bo‘yicha qiz bola ham, yigit ham 18 yoshga to‘lgandan keyingina turmush qurish huquqiga ega bo‘ladi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » "20 ming dollarlik kelin" yoxud pul ilinjida qizini qiynoqqa solgan ota-ona...