08:31 / 28.03.2018
4 622

Tramp Ko‘rfaz boyliklarini o‘marishda qanday qilib salaflaridan o‘zib ketdi?

Tramp Ko‘rfaz boyliklarini o‘marishda qanday qilib salaflaridan o‘zib ketdi?
Tahlilchilar va iqtisod bilimdonlari so‘zlariga ko‘ra, AQShning Fors ko‘rfazi boyliklarini tortib olishi va zulukday so‘rishi yangilik emas. Shunchaki yangi prezident Donald Tramp uslubni yangiladi. Endi AQSh buni ochiqchasiga amalga oshiryapti.

Tramp oldingi Amerika prezidentlarini Yaqin Sharq, xususan, Fors ko‘rfazi davlatlarini boyliklarini tortib olish va o‘marishda ancha ortda qoldirdi. U endi “Himoya muqobilida pul” shiori ostida yangi yo‘ldan bormoqda.

Tramp 2016 yil avgustida bo‘lib o‘tgan saylovoldi kampaniyasi vaqtida: “Biz Saudiyani himoya qilamiz. Ular bizga buning haqqini to‘lamaydilar. Biz 20 trillion qarzi bo‘lgan davlatmiz. Ular bizga yordam berishlari shart. Agarda AQSh bo‘lmaganda Fors ko‘rfazi davlatlari umuman mavjud bo‘lmagan bo‘lardi”, degandi.

Tramp o‘tgan chorshanba kuni Oq uyda Saudiya valiahd shahzodasi Muhammad ibn Salmon bilan uchrashuvda yuqoridagi fikrlarini ta’kidlab: “Saudiya juda boy davlat. Tez orada biz umid qilganimizdek bu boyliklaridan ba’zisini bizga turli kelishuvlar va harbiy texnika sotib olish shaklida bizga beradi”, dedi.

AQSh Saudiya bilan imzolagan 525 million dollarlik qurol oldi-sotdi bitimlarining birida Tramp Saudiya valiahdiga: “Bu sizlar uchun faqat yeryong‘oq donlari kabi”, degan. Valiahd Ibn Salmon bundan kulgan. Uning bu ishini ijtimoiy tarmoqlarda kuzatuvchilar va faollar qattiq qoralashgan.

Amerikaning qurol sotuvchi shirkatlari ko‘rfazning boshqa BAA, Kuvayt, Bahrayn, Qatar kabi davlatlari bilan milliardlab dollarlarga bitimlar imzolaganlaridek, Riyoz bilan ham imzolashyapti. Mart oyining o‘zida AQSh Mudofa vazirligi BAA va Qatar bilan 400 million dollarlik yangi ikki bitim imzolagan.

Iqtisodiy tadqiqotchi Ahmad Musbih bunga munosabat bildirib: “AQShning Ko‘rfaz davlatlari boyliklarini shilishi yangi siyosat emas. Faqat bunda yangi yo‘l ixtiro qilindi. Oldin yashirin yo‘llar bilan bo‘lgan bo‘lsa, endi ochiqchasiga amalga oshirilyapti. AQShning hozirgi prezidenti ko‘rfaz boyliklarini bir qismi Qo‘shma shtatlarning qonuniy haqqi deb hisoblamoqda”, dedi.

Tadqiqotchi Musbih “Arabi21”ga bergan intervyusida: “Tramp inqiroz keltirib chiqarish va inqiroz tomonlarini “Himoya muqolida pul” shiori ostida ayyorlik bilan so‘rish siyosatini yurgizyapti. AQShning ko‘rfaz davlatlari, xususan Saudiya bilan qurol oldi-sotdi bitimlari Fors ko‘rfazi boyliklarini xossatan va Yaqin Sharq davlatlari boyliklarini ommatan egallashning muhim yo‘nalishidir. AQShga Yaqin Sharq inqirozi qurolli to‘qnashuvlarsiz ko‘p foyda keltirmaydi.

Shu sababdan AQSh Yaman va Suriya inqirozini olovlantirishga urinyapti. Tramp hokimiyatga kelganidan buyon qurol savdosiga bo‘lgan chegaralar olib tashlandi. Saudiya bilan harbiy texnika va qurol-yaroq savdosi 200 milliard dollarga (birinchi bosqichda) yetdi.

Ko‘rfaz davlatlarining AQShning obligatsiya bozoriga kiritgan investitsiyaning o‘zi 2017 yil yakunlariga ko‘ra, 370 milliard dollarga yetib qoladi. Buning 200 milliardi Saudiya va BAA hissasiga to‘g‘ri keladi. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, Saudiyaning umumiy investitsiyasi trillion dollar tagiga borib qoladi”, dedi.

Shuningdek, iqtisodiy tahlilchi Amr Sayyid: “O‘tgan yil imzolangan qurol savdo bitimlarida AQSh Saudiyadan yarim trilliondan ko‘p pulni o‘mardi. Bu o‘tgan yil mayda Trampning Saudiyaga ziyorati davomida amalga oshirildi.

Trampning Saudiya mollarini o‘marishi faqat qurol savdosi bilan chegaralanmagan. Boshqa savdo-sotiq kelishuvlari ham bor. Valiahd Ibn Salmon Tramp bilan ucharashuvi davomida AQShga 200 milliard dollar investitsiyalar kiritishni rejalashtirayotganini aytgan. Shu paytgacha kelishilgan loyihalarning qiymati esa 400 milliard dollarni tashkil qiladi.

Tramp Yaqin Sharq mintaqasida urushni davom etishi, Amerika iqtisodini kuchaytirish uchun Eron va Ko‘rfaz davlatlari orasida bu urushni kuchaytirish, qurol savdosini rivojlantirish uchun turli o‘yinlar o‘ynamoqda. Shuningdek, o‘z va dunyo xalqlarini dahshatga solish hamda arab mintaqasiga egalik qilish uchun terrordan ham foydalanmoqda”, dedi.

Manba: Azon.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp Ko‘rfaz boyliklarini o‘marishda qanday qilib salaflaridan o‘zib ketdi?