17:17 / 28.03.2018
5 003

Kemerovoda yong‘in: hammasi qanday sodir bo‘ldi? (video)

Kemerovoda yong‘in: hammasi qanday sodir bo‘ldi? (video)
So‘nggi kunlarda eng ko‘p tahlil qilinayotgan mavzu 25 mart kuni Rossiyaning Kemerovo shahrida joylashgan «Zimnyaya vishnya» savdo markazida yuz bergan yirik yong‘in bo‘lib turibdi. Bu haqda Kun nashri ma’lum qiladi.

Hozirgacha ma’lum qilinishicha, kamida 56 nafar odam qurbon bo‘lgan, bedarak yo‘qolganlarni qidirish ishlari olib borilmoqda, 84 kishi shifoxonaga yotqizilgan. Qurbonlar hamda jarohatlanganlarning asosiy qismi yosh bolalar! Qurbonlarning aksari gazdan bo‘g‘ilib jon taslim qilgan…

Mazkur yirik ko‘lamdagi yong‘in sabablari o‘rganilmoqda. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, o‘t qo‘yilgan bo‘lishi mumkin. Yong‘in o‘chog‘i bo‘lgan batut xonasiga o‘rnatilgan kameralar mazkur holatni tasvirga olib ulgurgan. Hammasi qanday bo‘lgan edi? Dam olish uchun kelgan o‘spirin yigitlardan biri zajigalkada olov chiqargan. Bir zumda olov alangaga aylanib, atrofni qop-qora tutun qoplagan. Holatni quyidagi videoda ko‘rish mumkin.




arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kemerovoda yong‘in: hammasi qanday sodir bo‘ldi? (video)