“Chekayotgan” fil olimlarni o‘ylantirib qo‘ydi (video)

  • Dunyo
  • 29-03-2018, 09:45
  • 925
  • “Чекаётган” фил олимларни ўйлантириб қўйди (видео)
    Hindiston janubidagi Nagarxol milliy bog‘i xodimlari “chekayotgan” filni aniqlashdi. Fil og‘zidan quyuq tutun chiqarayotgan video milliy bog‘ matbuot xizmati tomonidan e’lon qilingan.

    Videoda urg‘ochi fil xartumi yordamida og‘ziga o‘rmon yong‘inidan keyin qolgan kulni to‘plab, keyin uni kuch bilan purkab chiqarayotganini ko‘rish mumkin.

    “Fikrimcha, fil yog‘och ko‘mirini yemoqchi bo‘lgan. Fil uni yerdan olib, undagi kulni purkab chiqargan, ko‘mirlarni esa yutgan”, deb aytgan biolog Varun Gosvami.

    Milliy bog‘ olimlari fil ko‘mirni davolash maqsadlarida qabul qilganini taxmin qilishgan, chunki ko‘mir hayvonlarga ichakdan turli toksinlar, gazlar va turli moddalarni chiqaruvchi va ichni keltiruvchi ta’sir ko‘rsatadi.

    » » “Chekayotgan” fil olimlarni o‘ylantirib qo‘ydi (video)
    Яндекс.Метрика