20:20 / 29.03.2018
6 664

Ajabo!!! Boshi tanasidan judo qilingan tovuq yashashda davom etmoqda

Ajabo!!! Boshi tanasidan judo qilingan tovuq yashashda davom etmoqda
Tailandda boshidan judo bo‘lgan tovuq bir haftadan beri yashashda davom etmoqda, deb xabar berdi Darakchi nashri.

Boshsiz tovuqni veterinar Arun Tong parvarish qilib, unga antibiotoklar bilan yemish bermoqda. U tovuqni “haqiqiy jangchi”, deb atadi. Veterinarning aytishicha, tovuqni bo‘yni orqali oziqlantirib, antibiotoklar bermoqda. Tovuq tezda qo‘lga o‘rganib, davolanish jarayoniga ko‘nikkan.

Tovuqning boshini kim uzganligi haqida ma’lumot berilmagan. Veterinariya klinikasida kimdir tovuqni boqib olib, parvarish qilishlariga umid bog‘lashmoqda.

“Unga g‘amxo‘rlik kerak. Tan olishim kerak, mazkur tovuqning yuragi juda kuchli bo‘lib, u haqiqiy jangchidir”, dedi Arun Tong.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ajabo!!! Boshi tanasidan judo qilingan tovuq yashashda davom etmoqda