Xarkov sudi o‘zini Dneprdan posilka qilib jo‘natgan ixtirochi o‘g‘riga hukm chiqardi, deb xabar berdi Darakchi nashri.
Komintern tuman sudining hukmiga ko‘ra, jinoyatchi uch yilga ozodlikdan mahrum etildi. Tergov jarayonida aniqlanishicha, 2017 yilning 21 dekabr kuni erkak yog‘och quti yasagan va uni tanishidan pochta orqali yuborishni iltimos qilgan. Shundan keyin o‘zi quti ichiga yashirinib olgan.
Mazkur pochta jo‘natmasi boshqalari bilan yuk mashinaga ortilgan. Yo‘lda jinoyatchi yog‘och qutini pichoq bilan ochib chiqqan va boshqa posilkalarning ichida bo‘lgan noutbuk, soat va mobil telefonni o‘g‘irlagan. O‘ljani qo‘lga kiritgach, yana yog‘och qutining ichiga yashiringan.
Jinoyatchi o‘ylagan reja amalga oshmadi. Xarkov pochtasi xodimlari uning sirini fosh etib, erkakni politsiya qo‘liga topshirishdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring