«Ala-Archa» davlat qarorgohi hududida QR sobiq prezidenti Almazbek Atambayev uchun qiymati 89,3 mln som (1,3 mln dollarga yaqin)ga teng dacha qurildi. Shundan 77,8 mln somni sobiq prezidentning o‘zi to‘ladi. Bu haqda prezident va hukumat ishlar boshqarmasi ma’lumotiga tayanib Tnews.uz yozmoqda.
Boshqarmaning ma’lum qilishicha, «Prezident faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida»gi qonunga ko‘ra, sobiq prezident maishiy ta’minot huquqiga ega, jumladan: sobiq prezidentga umrbod «Ala-Archa» davlat qarorgohi hududidagi davlatga tegishli dachalardan biri taqdim qilinadi.
Mazkur qonunni ijro etish maqsadida, davlat qarorgohi hududida bo‘sh davlat dachalari yo‘q bo‘lgani sabab, yangi bino qurish borasida qaror qabul qilindi. №17 davlat dachasi byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga qurildi, buning uchun respublika byudjetidan mablag‘ ajratilmadi. Tashqi va ichki muhandislik kommunikatsiyalari, ko‘kalamzorlashtirish va ikkita mashinaga mo‘ljallangan garaj bilan qo‘shib hisoblaganda inshoat qurilishi uchun 89,3 mln som sarflandi.
77,8 mln somlik qurilish-montaj ishlari uchun mablag‘ homiylik yordami sifatida Almazbek Atambayevning shaxsiy hisobidan berildi. Ayni damda yuqorida ko‘rsatilgan dachada sobiq prezident oilasi bilan istiqomat qiladi.
Ta’kidlanishicha, mazkur ob’ekt davlat rezidensiyasidagi boshqa inshoatlar kabi davlat mulki hisoblanadi va xususiylashtirilmaydi yoki davlat tassaarufidan chiqarilmaydi. Ob’ekt bir qavatli bo‘lib, u texnik va yordamchi binolardan iborat. Ob’ektning umumiy maydoni 301,8 kvadrat metrni tashkil qiladi. Atambayev davlat qarorgohida dacha qurishdan tashqari Bishkek yaqinidagi Qoy-Tash qishlog‘ida ham uy qurmoqda.
Boshqarmaning ma’lum qilishicha, №17 davlat dachasining yer maydoni prezident Sooronbay Jeenbekov istiqomat qiladigan “Ordo” binosidan ancha kam.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi