18:03 / 30.03.2018
5 284

Rossiya Britaniyaga bir oy muhlat berdi

Rossiya Britaniyaga bir oy muhlat berdi
Bugun, 30 mart kuni Rossiya Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildiki, London bir oy muddat ichida Buyuk Britaniyada rossiyalik diplomatlar soni qisqartirilganiga mos ravishda o‘zining Moskvadagi diplomatik missiyasini qisqartirishi zarur.

Rossiya TIV rasmiy saytida xabar qilinishicha, Buyuk Britaniyaning Rossiyadagi elchisi Lourens Bristou TIVga chaqirilgan va unga «Britaniya tomonining asossiz ivg‘osi tufayli» qat’iy norozilik bildirilgan.

Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov payshanba kuni kechqurun Rossiya G‘arb mamlakatlaridan o‘z diplomatlari chiqarib yuborilganiga javoban xuddi shunday chora qaytarilishini ma’lum qilgandi. Bugun bir necha davlatlar, jumladan, Italiya, Finlyandiya, Chexiya, Shvetsiya, Latviya kabi davlatlarning elchilari ham TIVga chaqirildi va ularga qo‘llanajak choralar haqida ma’lum qilindi.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya Britaniyaga bir oy muhlat berdi