18:26 / 30.03.2018
3 719

Windows bo‘limi rahbari Microsoft'ni tark etmoqda

Windows бўлими раҳбари Microsoft'ни тарк этмоқда
Microsoft korporatsiyasida Windows operatsion tizimi uchun mac’ul bo‘lim rahbari Terri Mayerson o‘z lavozimini tark etadi. Bu haqida Microsoft rahbari Satya Nadella kompaniya rasmiy sayti orqali ma’lum qildi.

Mayerson 21 yil davomida ushbu kompaniyada faoliyat yuritgan, 2013 yilda Windows bo‘limi rahbari etib tayinlangan. "O‘zgarishlar bilan birga rivojlanishning yangi, rejalashtirilgan bosqichiga o‘tiladi. Terri Mayerson uchun esa bu Microsoft tashqarisidagi yangi bob bo‘ladi. Yangi tashkiliy tuzilmaga kelishim uchun Terrining ko‘p mehnati singdi, men uning yetakchilik xususiyatlari va bilimlarini chuqur baholayman", - deyiladi Nadellaning bayonotida.

The Wall Street Journal'da ta’kidlanishicha, Mayerson ketganidan keyin Windows ikki bo‘limga ajratiladi. Ulardan biri - Azure bulut platformasi rahbari Skott Gatri rahbarligi ostidagi bo‘lim platforma texnologiyalari ustida ish olib boradi, unga asosan Microsoft'ning sheriklari o‘z ilovalari va servislarini ishlab chiqishadi. Shuningdek kompaniyaning to‘ldirilgan reallik va sun’iy intellektga doir loyihalari ham Gatrining tasarrufida bo‘ladi.

Microsoft Office bo‘limining amaldagi rahbari Rajesh Ja boshqaruvi ostidagi ikkinchi bo‘lim esa Microsoft'ning elektron qurilmalari ishlanmasi va Windows operatsion tizimi rivoji uchun mas’ul bo‘ladi.

Manba: Kun.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Windows bo‘limi rahbari Microsoft'ni tark etmoqda