21:24 / 30.03.2018
4 838

G‘oz haqorat qilgan odamni quvib soldi (video)

G‘oz haqorat qilgan odamni quvib soldi (video)
Amerikaning Tennessi shtatida yashovchi erkak sayr qilib yurgan g‘ozga so‘yib yeyishni tahdid qilib, haqoratladi, g‘oz esa unga javoban erkakni quvib soldi, deb xabar berdi Darakchi nashri.

Mazkur hodisa aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirildi. “Qalaysan, g‘oz? Seni olib ketish mumkin deb o‘ylayman?” dedi erkak. G‘oz unga javoban vishillab qo‘ydi. “Sen menga qo‘pollik qilyapsanmi? O‘zingni kim deb o‘ylayapsan? Qo‘limga tushsang qovurib yeyman”, deb g‘ozning jig‘iga tegishdi davom etdi erkak.

G‘oz unga e’tibor bermay, patlarini tozalay boshladi. “Nima, men bilan urushmoqchimisan? G‘ozlar suvdan yaraladi deyishadi, qani o‘zingni ko‘rsat-chi, nimadan yaralgan ekansan?”. Erkakning tinmay javrashi joniga tekkan g‘oz unga hujumga o‘tdi. Erkak esa qo‘rqqanidan zo‘rg‘a qochib qutuldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » G‘oz haqorat qilgan odamni quvib soldi (video)