07:02 / 10.04.2018
3 956

Floyd Meyvezerning korteji o‘qqa tutildi

Floyd Meyvezerning korteji o‘qqa tutildi
AQShning Atlanta shahrida amerikalik bokschi Floyd Meyvezerning korteji noma’lum kishilar tomonidan o‘qqa tutildi. Taxmin qilinishicha, 3 mashinadan iborat kortejdagi mashinalardan birida Meyuezer bo‘lgan. Bu haqda xorij nashriga asosan Kun.uz ma’lum qilmoqda.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, kortej tungi klubdan mehmonxonaga qaytayotgan bo‘lgan. Otishma oqibatida bokschining tansoqchilaridan biri oyog‘idan jarohat olgan. U shifoxonaga yetkazilgan. Politsiya bosqinchilarni qidirmoqda.

“Biz Meyvezer mashinalardan birida bo‘lgan va yaralanmagan, degan fikrdamiz. Bu otishma tasodifiy bo‘lmaganga o‘xshamoqda”, deb ma’lum qilingan politsiyada.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Floyd Meyvezerning korteji o‘qqa tutildi