08:58 / 11.04.2018
4 245

Britaniya bosh vaziri Tereza Mey shahzoda Garrining nikoh to‘yiga taklif qilinmadi

Britaniya bosh vaziri Tereza Mey shahzoda Garrining nikoh to‘yiga taklif qilinmadi
Shahzoda Garri va aktrisa Megan Markl o‘zlarining nikoh to‘ylariga Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Meyni taklif qilishmadi. Buni shahzodaning vakili ham tasdiqlagan, deb yozadi Kun.uz.

“Hazratiya oliyalari hukumati bilan bu qaror bo‘yicha maslahatlashuv o‘tkazilgan. Qarorni qirollik xonadoni qabul qildi”, deb aytgan manba va ham britaniyalik, ham xorijiy siyosatchilarni to‘yga taklif qilmaslikka qaror qilinganini qo‘shimcha qilgan.

Nikohning o‘zi 19 may kuni Vindzor saroyidagi Avliyo Georgiy ibodatxonasida bo‘lib o‘tadi. Nikohda butun qirollik oilasi, Meganning ota-onasi va boshqa mehmonlar ishtirok etadilar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Britaniya bosh vaziri Tereza Mey shahzoda Garrining nikoh to‘yiga taklif qilinmadi