Hindistonda kichkina filcha bir necha soat davomida o‘lgan onasining tepasidan ketmay faryod qildi va onasini turg‘izishga urindi. Ma’lumotlarga ko‘ra, qutqaruvchilar kuch bilan filchani onasi yonidan olib ketishgan.
Voqea mamlakat shimolida, Rajaji milliy bog‘ida yuz berdi. O‘rmonchilar o‘lib yotgan fil va uning bolasini ko‘rib qolishdi. Filcha ingraganicha onasini turishga undar, uning ustiga o‘tirar va atrofdagilarning e’tiborini jalb qilish uchun qichqirardi.
Milliy bog‘ xodimlarining fikricha, 40 yoshli ona fil tepalikdan qulab tushgan va bo‘ynini daraxtga urib sindirganicha jon bergan.
Bog‘ direktori Sanataye Sonkarning aytishicha, filchani olib ketish oson bo‘lmagan. «U mutlaqo ketishni istamadi. Biz boshqa fillarni yordamga chaqirishga majbur bo‘ldik», — dedi u.
Rangili va Radxa nomli fillar filchani olib ketishgan va keyin u yuk mashinasiga yuklanib, fillar lageriga olib borilgan. Lagerda filchani qutqargan fillardan biri uni asrab olgan va filcha boshqa fillarga qo‘shilib ketgan.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?