21:15 / 17.04.2018
4 979

Politsiyada hijobga o‘rin bor!

Politsiyada hijobga o‘rin bor!
Kanadalik 17 yoshli muslima Sundus Lamrxari Monreal kollejining Politsiya texnologiyalari fakulteti talabasi. Ro‘moldagi muslima huquqni muhofaza qiluvchi organlarda faoliyat yuritish niyatida. U Kanada hukumati davlat xizmatchilariga ro‘mol o‘rashni taqiqlovchi me’yor kiritmasligiga umid qilmoqda.

Hozirgi kunda Monreal politsiyasida ofitserlarga hijobni taqiqlovchi hech qanday norma yo‘q. Bunday masala shu kunga qadar bo‘lmagan, chunki hech bir muslima mahalliy huquq-tartibot organlarida xizmat qilish istagini bildirmagan - deya xabar tarqatdi fitrat.uz IslamNewsga tayanib.

Sundus Politsiya fakultetining hijobdagi birinchi talabasi bo‘ldi va kelajakda ro‘mol o‘rovchi birinchi xizmatdagi ofitser bo‘lishi mumkin. Muslima talabaning so‘zlariga ko‘ra, u 14 yoshidan beri ro‘molda va bosh kiyimi uning o‘qishi va sport mashg‘ulotlariga hech qachon xalaqit bermagan. “Men o‘qishga formamda metroda qatnayman. Har qanday haqorat mening ishtiyoqimni yanada orttiradi”, – deydi muslima.

Ta’kidlash joizki, hijobdagi politsiyachilar oxirgi paytlarda AQSh va Buyuk Britaniyada ham paydo bo‘ldi. Ular uchun hattoki maxsus bosh kiyimi ham ishlab chiqildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Politsiyada hijobga o‘rin bor!