Rossiya Skripal zaharlangan modda AQShda ishlab chiqarilganini ma’lum qildi

  • Dunyo
  • 19-04-2018, 10:25
  • 1 101
  • Россия Скрипаль заҳарланган модда АҚШда ишлаб чиқарилганини маълум қилди
    Sergeya Skripal va uning qizi Yuliyaga suiqasd vaqtida qo‘llangan zaharli modda AQShda ishlab chiqarilgan, u yerda kimyoviy qurol sifatida patentlangan. Bu haqda Rossiyaning Kimyoviy qurolni taqiqlash tashkilotidagi (KQTT) doimiy vakili Aleksandr Shulgin ma’lum qildi.

    Shulgin KQTTning ijroiya kengashi yig‘ilishida AQShning patent va savdo belgilari idorasining 2015 yil 1 dekabr bilan sanalangan hujjatini namoyish qildi.

    Uning aytishicha, ushbu idora avval Rossiya tomoniga “amerikalik olim T.Rubinning ixtirosi patent olishi mumkinligiga” tekshirishni so‘rab murojaat qilgan.

    Hujjatda zaharli modda uchun hajmga ega maxsus o‘q ishlab chiqilgani aytilgan. Shulginning tushuntirishicha, o‘qni zarba vaqtida bir-biri bilan o‘zaro ta’sirga kiradigan binar komponentlar bilan zaryadlash ko‘zda tutilgan.

    “Bu o‘q zaryadlanishi mumkin bo‘lgan faol moddalardan biri istak bo‘yicha quyidagi asab-falajlovchi moddalar: tabun, zarin, zoman, siklozarin, VG, VM, VR, VX va, diqqat qiling, “Novichok” turiga taalluqli moddalar bo‘lishi mumkin”, deb aytgan Shulgin.

    Uning ta’kidlashicha, bunday ta’rif “Novichok” turidagi modda AQShda ishlab chiqilib, u yerda patentlanganidan darak beradi. “Va bu ancha oldin emas, balki bir necha yilgina avval amalga oshirilgan – patent 2015 yil 1 dekabr bilan sanalangan”, deb aytgan Shulgin.

    Uning aytishicha, google.patents.com elektron resursida “Novichok” so‘zi bo‘yicha izlashda bu jangovar zaharli moddani qo‘llash va uning ta’siridan himoyalanish bilan bog‘liq 140 dan ko‘proq turli patentlar chiqadi.

    Skripallar zaharlangan Britaniyada ta’kidlanishicha, ular sobiq ittifoqning “Novichok” dasturi doirasida ishlab chiqilgan modda bilan zaharlangan va bo‘lgan voqealarga Moskvaning aloqasi bor.

    » » Rossiya Skripal zaharlangan modda AQShda ishlab chiqarilganini ma’lum qildi
    Яндекс.Метрика