14:24 / 19.04.2018
4 239

Turkmaniston “Avaza”dagi hashamatli otellarni sotmoqda

Turkmaniston “Avaza”dagi hashamatli otellarni sotmoqda
Turkmanistonda Kaspiy dengizi sohillaridagi “Avaza” turistik zonasida joylashgan hashamatli otellar sotuvga qo‘yildi. Bu haqda vaziyat bilan tanish manbalar ma’lum qildi, deb yozmoqda Tnews.uz sayti.

«Yirik tadbirkorlar orasidagi suhbatlarga qaraganda, «Avaza» turistik zonasidagi «Nebitchi», «Vatanchi», «Deniz», «Axal», «Mari», «Lebap» va boshqa hashamatli mehmonxonalarni xorijlik tadbirkorlarga arzimagan pulga sotish yuzasidan taklif berilgan», deydi manba.
Boshqa bir manba bu xabarni tasdiqladi va o‘zida Avazadagi «Tadjir» mehmonxonasi xususiylashtirilgani xaqida aniq ma’lumot borligini aytdi. Uning so‘zlariga qaraganda, bu otel «boy xorijlik tadbirkorga» sotilgan. Mahalliy manbalarning aytishicha, «Tadjir» mehmonxonasi “Sanoatchi va tadbirkorlar Uyushmasi”ning dam olish markazi sifatida qurilgan edi.

«Avaza»dagi mehmonxonalar 2007-2017 yillarda davlat tomonidan sarflangan katta pullar evaziga qurilgan edi. Suhbatdoshlarning aytishicha, bir vaqtlar 40-50 million Amerika dollariga qurilgan hashamatli mehmonxonalar bugungi kunda birinchi navbatda 100 ming dollar, qolganini esa yaqin 30-40 yilda to‘lash sharti bilan sotilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkmaniston “Avaza”dagi hashamatli otellarni sotmoqda