08:32 / 20.04.2018
3 837

Kambag‘allar uchun Tojmahal

Kambag‘allar uchun Tojmahal
Foto: «LiveJournal»
Hindistondagi Tojmahal hammamizga tanish, har qanday ta’rif ortiqcha. Ammo «ikkinchi Tojmahal»ni eshitganmisiz? Shohjahonning nevarasi A’zamshoh 17-asr o‘rtalarida onasi xotirasiga Avrangobodda qurdirgan Bibika maqbarasini Tojmahalga juda o‘xshashligi tufayli «ikkinchi Tojmahal» yoki «kambag‘allar uchun Tojmahal» deb ham atashadi. Ayrim manbalar maqbarani Avrangzebning o‘zi qurdirganidan so‘ylaydi.

Xullas, bobosining me’moriy mo‘’jizasidan ilhomlangan A’zamshoh ham o‘z Tojmahalini, hattoki undan-da ulug‘vorrog‘ini barpo etishga bel bog‘laydi. Balandparvoz rejani amalga oshirishga qolganda esa shoh xazinasining tagi ko‘rinib qolgandi... Ammo bu A’zamshohni ahdidan qaytara olmadi: natijada Tojmahal darajasida bo‘lmasayam, o‘ziga xos me’morchilik namunasi barpo etildi.

Egizak maqbaralar.

Garchi o‘rinsiz bo‘lsa-da «arzonning sho‘rvasi tatimas» maqolini shu yerda ishlatishga majburmiz: Tojmahalni qurishga 32 million rupiy sarflangan, Bibika maqbarasiga esa — 700 ming rupiy. Tojmahal mahobatliroq va to‘lig‘icha oq marmardan qurilgan, Bibika maqbarasi kichikroq va faqat asosiy binosi odam bo‘yi balandlikda marmar bilan, qolgan qismi yaltiroq qum bilan qoplangan. Maqbaraning minoralari g‘ishtdan tiklangan bo‘lib, maydalangan chig‘anoqlar bilan suvoq qilingan.

«Birinchi» va «ikkinchi» Tojmahallar qaysidir ma’noda boy va qudratli boburiylar saltanatining tobora kuchsizlanib, kambag‘allashib borayotganini o‘zida aks ettirgan.

Bugun Maxarashtra shtatining Avrangobod shahridan sayyohlar oqimi uzilmaydi. Garchi turli sayyohlik yo‘nalishlari va kataloglariga muntazam kiritib borilsa-da, toki Tojmahal bor ekan, Bibika maqbarasining «peshonasi»ga faqat ikkinchi bo‘lish yozilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kambag‘allar uchun Tojmahal