10:30 / 20.04.2018
6 314

Muzni yorib chiqayotgan AQSh suv osti kemasi (video)

Muzni yorib chiqayotgan AQSh suv osti kemasi (video)
YouTube’ga Amerikaning Los-Anjeles turidagi USS Hartford suv osti kemasi muzni yorib, Arktika yuzasiga qalqib chiqqani aks etgan video joylandi.

Submarinani nafaqat tashqaridan, balki ichkaridan ham kuzatish mumkin: kadrlarda suv osti kemasini boshqarish punktida turgan va jarayonni boshqarayotgan ekipaj a’zolari aks etgan. Ular yorayotgan muz qalinligiga aniqlik kiritilmagan, ammo videoga qaraganda u unchalik qalin bo‘lmagan va ekipaj muz bilan to‘qnashuvni deyarli umuman sezmagan.

Operatsiya Ice Exercise 2018 harbiy mashg‘ulotlari doirasida o‘tkazilgan, ularda Amerikaning yana bir suv osti kemasidan tashqari, Britaniya suv osti kemasi ham qatnashgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Muzni yorib chiqayotgan AQSh suv osti kemasi (video)