Filchaning uchta sherga qarshi turishi videoga olindi

  • Dunyo
  • 21-04-2018, 10:35
  • 651
  • Филчанинг учта шерга қарши туриши видеога олинди
    Zimbabvening Little Makololo milliy bog‘ida sayyohlar tomonidan uch sherning filchaga hamlasi tasvirga olindi. Rolik YouTube’da joylashtirilgan.

    Voqea guvohi bo‘lgan sayyohlardan birining aytishicha, filcha sherni ko‘rib, o‘kirib uni qo‘ritmoqchi bo‘lgan, biroq bu yirtqichni cho‘chita olmagan. U filcha ustiga sakrab, uni yerga qulatgan.

    “Filcha har qanaqasiga oyoqqa turib olishga urinardi, biroq buning uddasidan chiqa olmasdi. Keyin yana ikkita sher qo‘shildi. Yirtqichlar o‘z hayoti uchun 3 soat kurashgan filchani o‘ldirmoqchi bo‘lganlarini kuzatish juda ayanchli edi”, deb aytgan sayyoh.

    Orada katta fil kelib yirtqichlarni haydab yubormoqchi bo‘lgan, biroq yirtqichlar baribir “niyatlari”ga yetib, filchani o‘lja qilishgan.

    » » Filchaning uchta sherga qarshi turishi videoga olindi
    Яндекс.Метрика